Qoraqalpogʻistondagi “Suenli” kanali besh yil davomida rekonstruksiya qilinadi
O'zbekiston
Qoraqalpogʻistonning Taxiatosh, Xo‘jayli, Shomanay, Qonliko‘l, Qo‘ng‘irot va Mo‘ynoq tumanlaridagi sug‘oriladigan yer maydonlariga xizmat qiluvchi “Suenli” magistral kanali rekonstruksiya qilinadi. Bu haqda O‘zbekiston Suv xo‘jaligi vazirligi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, kanalni rekonstruksiya qilish ishlari 2023-yilda boshlanib, 2027-yil nihoyasiga yetishi belgilangan. Bugungi kunda mazkur ishlarga masʼul korxona texnik-iqtisodiy asos va ishchi me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqmoqda.
Kecha, 29-may kuni vazirlikda Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari Abatbay Doniyarov va vazirlik vakillari ishtirokida kanalni rekonstruksiya qilish loyihasi muhokamasi bo‘lib o‘tgan.

Powered by Froala Editor