Qozog‘istonda kuydirgi kasalligi aniqlandi

Dunyo

Ayni vaqtda 12 kishi kuydirgi kasalligini yuqtirgan, ular bilan aloqada boʻlgan 22 nafar shaxs tibbiyot xodimlari nazoratida. 32 bosh qoramol kasallikdan nobud boʻlgan.

Qozog‘istonda kuydirgi kasalligi aniqlandi
Qozog‘iston shimolidagi Aqmola viloyatida kuydirgi epidemiyasi qayd etildi, 12 kishi kasallik tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan. Bu haqda viloyat veterinariya boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

“12 kishi Yesil tuman shifoxonasining yuqumli kasalliklar boʻlimiga yotqizildi. Shuningdek, Jarkayn tuman markaziy shifoxonasi tibbiyot xodimlari nazoratida boʻlgan 22 nafar aloqada boʻlgan shaxslar aniqlandi. Kuydirgi kasalligi klinik koʻrinishlari va laboratoriya maʼlumotlari asosida aniqlangan”, deyiladi xabarda.

Boshqarma maʼlumotlariga koʻra, kuydirgidan 32 bosh qoramol nobud boʻlgan. Ertaga K
kasallik avj olgan Ushkarasu qishlog‘i hududida karantin e’lon qilinadi. Ayni vaqtda barcha tekshirilgan o‘choqlarda dezinfeksiya ishlari olib borilgan.

“Ertaga Ushkarasu qishlog‘ida karantin e’lon qilinadi. Infeksiya manbasini yo'q qilish ishlari olib borilmoqda. Ushkarasu qishlog‘idagi tuman IIB tomonidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini cheklash bo‘yicha postlar o‘rnatildi. Qishloqqa kiraverishda (chiqishda) militsiya otryadlari o‘rnatilib, kiruvchi va chiquvchi transport vositalari hamda aholi ro‘yxatidan o‘tkazilmoqda”, deya qo‘shimcha qilingan xabarda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing