Qum devori Avstraliyaning yirik oltin konini qoplab oldi

Dunyo

Tanami sahrosida kuchli qum bo‘roni oltin koni ustidan o‘tdi, ko‘rishni butunlay yo‘qotib, ishchilarni zudlik bilan ichkariga yashirinishga majbur qildi. Hodisa aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tez tarqaldi.

Qum devori Avstraliyaning yirik oltin konini qoplab oldi
Avstraliyaning olis Tanami sahrosida joylashgan yirik yer osti oltin koni ustidan kuchli qum bo‘roni o‘tdi. The Guardian’ning mahalliy bo‘limi e’lon qilgan videokadrlar qisqa fursatda ijtimoiy tarmoqlarda mashhur bo‘ldi.

Ko‘rish keskin yomonlashganiga va momaqaldiroq boshlanishiga qaramay, hech kim jabrlanmadi — ishchilar vaqtida bino ichiga kirib, o‘zlarini xavfsiz joyga oldilar.

Iqlimshunoslarning aytishicha, bunday hodisalar qurg‘oqchil hududlar uchun odatiy bo‘lib, deyarli har oy uchrab turadi.

Bir soatdan so‘ng bo‘ron susaydi, biroq kon hududiga loyqa yomg‘ir yog‘ib, tabiatning hayratlanarli tomoshasini yakunladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing