Qurbon hayitining sanasi maʼlum boʻldi

O'zbekiston

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. 2024-yilda Qurbon hayiti 16-iyun kuni nishonlanadi, deb xabar bermoqda davlatimiz rahbarining matbuot xizmati.

Qurbon hayitining sanasi maʼlum boʻldi
Farmonga ko‘ra, Qurbon hayitining birinchi kuni yakshanbaga to‘g‘ri kelayotgani uchun, 17-iyun, dushanba, dam olish kuni bo’ladi.

Ammo ishlab chiqarish-texnik va tashkiliy sharoitlar tufayli ishlanmaydigan bayram kunlari to‘xtatib qo‘yish mumkin bo‘lmagan ishlarni bajarishda dam olish kunlari ko‘chirilmaydi.

Bundan tashqari, 18 iyun – seshanba barcha xodimlar uchun qo'shimcha dam olish kuni sifatida belgilandi.

Mamlakatimizning turli hududlari mutasaddilari diniy va jamoat tashkilotlari bilan birgalikda bayramni milliy an’analar asosida nishonlash choralarini ko‘radi.

Sayyohlik va transport xizmatlari ziyoratchilar va bayram tadbirlarida muqaddas qadamjolarni ziyorat qilishni xohlovchilar uchun qulay shart-sharoit yaratadi.

Qurbon hayiti yoki qurbonlik bayrami — Roʻza hayiti bayramidan 70 kun oʻtgach, Zulhija oyining 10-kunida, Hajning tugashida nishonlanadigan islom bayrami sanaladi. Ibrohim payg’ambarning qurbonligi sharafiga nishonlanadi. Grigoriy taqvimiga koʻra bayramning aniq sanasi mamlakatdan mamlakatga farq qilishi mumkin. Bayramning asosiy maqsadi islom ahliga insonning Xudoga bo'lgan sadoqatini va Allohning rahmatini eslatishdan iboratdir.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing