Quruvchilar vaqtincha ishlayotgan joylarida ro‘yxatga olinadi

O'zbekiston

Qurilish obyektlarida ishlash maqsadida kelgan shaxslar mazkur joylarda vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinadi. Vazirlar Mahkamasining 868-sonli qarori bilan Hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Quruvchilar vaqtincha ishlayotgan joylarida ro‘yxatga olinadi
Unga ko‘ra, Hukumatning ayrim qarorlariga qurilish obyektlarida yoki ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish) korxonalarida ishlash maqsadida kelgan va ushbu obyektlarning yashash uchun moslashtirilgan joylarida yashab, mehnat faoliyati bilan shug‘ullanayotgan shaxslarni mazkur qurilish obyektlariga yoki ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish) korxonalariga vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Qurilish va uy joy kommunal xo‘jaligi vazirligi bunday shaxslar uchun zarur shart-sharoitlar yaratilganligi, texnika xavfsizligi, yong‘in xavfsizligi, sanitariya-epidemiologiya rejimi talablariga qat’iy rioya etilayotganligini doimiy nazorat qilib borilishini ta’minlaydi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing