Rossiyadagi avtohalokat: 7 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi
Dunyo
2024-yil 1-sentyabr kuni Rossiyaning Nijniy Novgorod viloyatida M-12 “Vostok” federal avtomagistralida yuz bergan yo‘l-transport hodisasida yetti nafar O‘zbekiston fuqarosi hayotdan ko‘z yumdi. Uch nafar fuqaromiz turli tan jarohatlari bilan mahalliy tibbiyot muassasalariga yotqizildi.
O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi halok bo‘lganlarning oilalari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi hamda jarohatlanganlarning tezroq tuzalishini tilaydi. O‘zbekiston hukumati jasadlarni vatanlariga qaytarish bilan bog‘liq tashkiliy masalalarni tezkorlik bilan hal etish uchun zarur choralarni ko‘rmoqda.
Bu masala O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Moskvadagi Elchixonasi tomonidan alohida nazorat ostiga olingan. Qozondagi Bosh konsulxona va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakillari hodisa joyida zarur yordam ko‘rsatmoqda.

Powered by Froala Editor