Raiffeisenbank Rossiyadan chiqishni kechiktirmoqda. U urush tezroq tugashidan umidvor — “Reuters”

Biznes

Raiffeisen Bank International uzoq yillik Vena-Moskva munosabatlarini xavf ostiga qoʻymaslik uchun Rossiyada qolish yoʻlini topishga harakat qilmoqda. Avstriya urush tezroq tugashiga umid qilyapti, deya yozmoqda “Reuters”.

Raiffeisenbank Rossiyadan chiqishni kechiktirmoqda. U urush tezroq tugashidan umidvor — “Reuters”
Avstriyaning Raiffeisen Bank International (RBI) bank guruhi Ukrainadagi urush tez orada tugashiga umid qilib, Rossiyadan chiqishini kechiktirmoqda. Bu haqda 6-iyul kuni “Reuters” agentligi bank pozitsiyasi bilan tanish bo‘lgan uchta manbaga tayanib xabar berdi, deb yozmoqda DW.

Rossiyadagi eng yirik G'arb banki bo'lgan RBI Yevropa regulyatorlarining bosimi ostida o'zining rus biznesini sentyabr oyiga qadar tugatish niyatida edi. Biroq, “Reuters” ma'lumotlariga ko'ra, guruh hali Rossiya bozoridan chiqish rejasini Yevropa Markaziy banki nazorat organlariga taqdim etmagan, bu esa bankning sentyabrgacha chiqish ehtimolini shubha ostiga qoʻyadi.

Bundan tashqari, rasman Ukrainani qo‘llab-quvvatlovchi Avstriyada bu harakatga qarshilik ko‘rsatilmoqda, chunki mamlakat rasmiylari RBIga G‘arbning Moskvani yakkalab qo‘yish qat’iyligini namoyish qilish uchun nohaq bosim o‘tkazilmoqda, deb hisoblaydi.

“Rossiya ham RBIning ketishini istamaydi, chunki bankning Rossiya bo'limi G'arb sanksiyalari ostida qolmagan bir necha yirik banklardan biri bo'lib, unga valyuta operatsiyalarini cheklovlarsiz amalga oshirish imkonini beradi. Umuman olganda, bank Rossiyada SWIFT tizimi orqali pul o'tkazmalarini amalga oshiradigan kam sonli kredit tashkilotlaridan biri bo'lib qolmoqda. “Financial Times”ning bank menejeriga tayanib xabar berishicha, tashkilot Rossiya va butun dunyo o'rtasidagi barcha to'lovlarning 40-50 foizini tashkil qiladi.

“Ayni paytda RBI Vashington bosimi tufayli Rossiya tranzaksiyalari haqidagi ma'lumotlarni AQSh Moliya vazirligining Xorijiy aktivlarni nazorat qilish boshqarmasiga topshirishga majbur bo'ldi. Hozirda ushbu ma'lumotlar tahlil qilinmoqda, sanksiyalarni buzish ehtimoli bo'yicha qidiruv ishlari olib borilyapti”, deyiladi xabarda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing