O‘zbekiston shaxmatchilari olimpiadani g‘alaba bilan boshladi

Sport

Budapeshtda bo‘lib o‘tayotgan 45-Butunjahon shaxmat Olimpiadasining birinchi turi O‘zbekiston shaxmatchilari uchun muvaffaqiyatli boshlandi. Erkaklar va ayollar terma jamoalari o‘z raqiblarini ishonchli tarzda mag‘lubiyatga uchratdi.

O‘zbekiston shaxmatchilari olimpiadani g‘alaba bilan boshladi
Erkaklar terma jamoasi Trinidad va Tobago bilan bellashib, 2,5:0,5 hisobida g‘alaba qozondi. Nodirbek Abdusattorov va Shamsiddin Vohidov raqiblarini mag‘lub etishdi, Nodirbek Yoqubboyev esa o‘yinni durang bilan yakunladi.

Ayollar terma jamoamiz esa Gaiti bilan to‘qnash kelib, raqiblarini 4:0 hisobida yengdi. Afruza Hamdamova, Nilufar Yoqubboyeva, Umida Omonova va Nodira Nodirjonova har bir o‘yinda ishonchli g‘alaba qozondi.

O‘zbekiston shaxmatchilari navbatdagi turlarda ham o‘z kuchini namoyon etishga tayyorlanmoqda, ularning ishtiroki mamlakat shaxmatining yuksalib borayotganini yana bir bor tasdiqlamoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing