Ritz-Carlton Toshkentda ham paydo bo‘ladi

O'zbekiston

Toshkentda Ritz-Carlton brendi ostida mehmonxona-turar joy majmuasi qurilishi boshlandi. Loyiha uchun sarmoya 200 million dollarni tashkil etadi.

Ritz-Carlton Toshkentda ham paydo bo‘ladi
27 may kuni O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov Ozarbayjonning PASHA Real Estate kompaniyasi va Marriott International xalqaro mehmonxona operatori rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Uchrashuvda Toshkent shahrida zamonaviy besh yulduzli mehmonxona va Ritz-Carlton turar joy majmuasini qurish loyihasini amalga oshirish jarayoni muhokama qilindi. Tomonlarning ma’lum qilishicha, hozirda yer qazish ishlari yakunlangan, 300 ming kub metr tuproq olib chiqilgan, qoziqlar konturi o‘rnatilgan, poydevor quyish ishlari boshlangan. Majmuaning bosh loyihasi Britaniyaning Benoy arxitektura studiyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilmoqda.

Muzokaralar yakunida tomonlar loyihani o‘z vaqtida va sifatli yakunlash uchun barcha zarur choralarni ko‘rishga kelishib oldilar, shuningdek, hamkorlikni kengaytirish va yangi qo‘shma tashabbuslarni boshlashga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing