Ronalduning so‘nggi jahon chempionati yakunlandi: Ispaniya chorak finalga chiqdi
Sport
Ispaniya va Belgiya terma jamoalari 2026-yilgi jahon chempionatining chorak finaliga yo‘l oldi. Ular 1/8 final bosqichida Portugaliya va AQSh ustidan g‘alaba qozondi.
Ispaniya Portugaliyani 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Keskin uchrashuv taqdirini Mikel Merino hal qildi — u 91-daqiqada g‘alaba golini urdi. Ispaniya 2010-yildan buyon ilk bor jahon chempionati chorak finaliga chiqdi. O‘sha yili jamoa turnir chempioniga aylangan edi.
Krishtianu Ronaldu uchun ushbu uchrashuv faoliyatidagi so‘nggi jahon chempionati o‘yini bo‘ldi.
Boshqa uchrashuvda Belgiya turnir mezboni AQSh terma jamoasini 4:1 hisobida yirik mag‘lubiyatga uchratdi. Sharl de Ketelare dubl qayd etdi, Hans Vanaken va Romelu Lukaku ham gol urdi. AQShning yagona goliga Malik Tillman mualliflik qildi.
AQSh safida Folarin Balogun asosiy tarkibda maydonga tushdi. Uning avvalgi uchrashuvdagi qizil kartochkadan keyingi avtomatik diskvalifikatsiyasi FIFA intizom organlari tomonidan to‘xtatilgan edi.
Endi Ispaniya va Belgiya jahon chempionati chorak finalida o‘zaro to‘qnash keladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 11-iyul kuni soat 00:00 da boshlanadi.

Powered by Froala Editor