Rossiya aldovi: Ish uchun borib, urushga yuborilgan migrantlar
Dunyo
Rossiya o‘z harbiy qudratini kuchaytirish uchun xalqaro darajada munozarali strategiyalarni qo‘llab kelmoqda. Britaniyaning Financial Times nashri xabariga ko‘ra, Rossiya kamida 2024-yilning iyulidan beri Yaman fuqarolarini Ukrainadagi urushga jalb qilish uchun faol yollab kelmoqda.
Yaman so‘nggi o‘n yil davomida fuqarolar urushi changalida qolgan qashshoq davlatdir. Ushbu inqiroz mamlakat aholisining hayot sifatini keskin pasaytirdi, natijada ko‘pchilik xorijda ishlash imkoniyatini katta orzu sifatida qabul qiladi. Rossiya buni o‘z manfaatlari uchun qo‘llab, yamanliklarni Ukrainadagi harbiy harakatlarda qatnashishga yollamoqda.
Rossiya tomonidan taklif qilinayotgan shartnomalar Yaman iqtisodiyoti uchun g‘ayrioddiy darajada yuqori maoshni va’da qiladi. Ammo bu pullar evaziga insonlar aldov yo‘li bilan halokatli urush hududlariga yuborilayotgani haqida xabarlar mavjud.
Financial Times yollanma askarlar bilan o‘tkazgan suhbatlari davomida Yamandan Rossiyaga kelgan ikki fuqaro – Abdulloh va Nabilning dahshatli hikoyalarini e’lon qildi. Ular o‘zlarini professional sohalar, jumladan, uchuvchisiz qurilmalar ishlab chiqarish yoki xavfsizlik xizmatlarida ishlash uchun yollangan deb o‘ylaganini bildirishdi. Ammo ular Rossiyaga yetib kelganidan keyin boshqa haqiqatga duch kelishgan.
Abdullohning so‘zlariga ko‘ra, Yamandan kelgan guruhi Rossiya Mudofaa vazirligi bilan harbiy shartnoma imzolashdan bosh tortgach, ularni qurol bilan qo‘rqitishgan. Harbiylar havoga o‘q uzib, shartnomalarni imzolashga majbur qilishgan.
Nabil esa unga “xavfsizlik” yoki “muhandislik” ishlari taklif qilinishiga ishongan edi, ammo oxir-oqibat urush hududlariga jo‘natilgan. Abdullohning ta’kidlashicha, u odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi firibgarlar tomonidan aldangan va oxir-oqibat o‘lim xavfi ostida bo‘lgan urushga jalb qilingan.
Rossiyaning Global Janubga Tayanishi Yaman fuqarolari Rossiya tomonidan aldov yo‘li bilan urushga jalb qilingan yagona xalq emas. Hindistonda ham 2024-yil bahorida shunga o‘xshash holatlar haqida xabar berilgan edi.
Mamlakatda faoliyat olib borgan odam savdosi tarmoqlari hindistonliklarni Rossiyaga yuborgan. Ilgari shunga o‘xshash firibgarlik Nepalda kuzatilgan edi. Rossiyaning global janub davlatlari aholisi orasida bunday yollash amaliyoti nafaqat iqtisodiy zaiflikdan foydalanish, balki xalqaro qonunlarni buzish bo‘yicha ham jiddiy savollarni keltirib chiqaradi, , deb xabar bermoqda Astra.

Powered by Froala Editor