Eronda yangi Xavfsizlik kengashi rahbari tayinlandi

Dunyo

Eronda mintaqadagi keskinlik fonida muhim kadr o‘zgarishi yuz berdi: Milliy xavfsizlik oliy kengashi kotibi lavozimiga Muhammad Boqir Zolgadr tayinlandi. U Isroil aviatsiya zarbasi natijasida halok bo‘lgan Ali Larijoni o‘rnini egalladi.

Eronda yangi Xavfsizlik kengashi rahbari tayinlandi
Zolgadr avval Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (KSIQ) qo‘mondonining o‘rinbosari lavozimida ishlagan va xavfsizlik sohasida katta tajribaga ega. U turli yillarda milliy xavfsizlik bilan bog‘liq bir qator muhim lavozimlarda faoliyat yuritgan.

Mazkur tayinlov mintaqadagi keskin vaziyat fonida amalga oshirilgan bo‘lib, Tehronning xavfsizlik sohasidagi boshqaruvni kuchaytirishga intilayotganini ko‘rsatadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing