Moskva Yevropadagi dron ishlab chiqaruvchi zavodlar manzillarini e’lon qildi
Dunyo
Rossiya va G‘arb o‘rtasidagi harbiy-siyosiy qarama-qarshilik Yevropa hududidagi ob’ektlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid qilish bosqichiga o‘tdi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina Qurolli kuchlari ehtiyojlari uchun dronlar va butlovchi qismlar ishlab chiqaradigan Yevropa korxonalari va filiallarining batafsil ro‘yxatini e’lon qildi. Moskva ushbu manzillarni Rossiya armiyasi uchun “qonuniy nishonlar” deb atamoqda.
Rossiya mudofaa idorasining ta’kidlashicha, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari Rossiya hududiga hujum qilish uchun zarbdor dronlar ishlab chiqarishni ko‘paytirib, ataylab Ukrainaning “strategik orqa tomoni”ga aylanmoqda. E’lon qilingan reyestrda Buyuk Britaniya, Germaniya, Polsha, Niderlandiya, Chexiya va Boltiqbo‘yi mamlakatlaridagi manzillar — jami 20 dan ortiq ob’ekt, jumladan, Ispaniya, Italiya, Isroil va Turkiyadagi kompaniyalarning koordinatalari ko‘rsatilgan. Rossiya Mudofaa vazirligi fikricha, Yevropa jamoatchiligi “mintaqani katta urushga tortayotgan” ishlab chiqarish quvvatlari aynan qayerda joylashganini bilishi kerak.
Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev ushbu nashrga keskin ohangda izoh berib, ro‘yxatni so‘zma-so‘z — potentsial zarbalar xaritasi sifatida qabul qilish kerakligini aytdi. “Xayrli tun, yevropalik hamkorlar!” — deya xulosa qildi u X ijtimoiy tarmog‘idagi xabarida.
Shu bilan birga, Yevropa davlatlari yetakchilari Kiyevni qo‘llab-quvvatlash kursidan qaytish niyatida emaslar. Shu haftada Ukraina Germaniya va Norvegiya bilan dronlarni birgalikda ishlab chiqarish bo‘yicha yangi bitimlar imzoladi, Italiya Bosh vaziri Jorja Meloni esa Ukrainaga yordam berish butun Yevropa xavfsizligi uchun “strategik zaruriyat” ekanligini tasdiqladi.

Powered by Froala Editor