Rossiya Avstraliyani keskin ogohlantirdi

Siyosat

Rossiya agar Avstraliya tinchlikparvar qo'shinlarini Ukraina hududiga yuborsa, og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkinligi haqida ogohlantirdi lekin bu tahdid emas ekanligini ham qo'shimcha qilib o'tdi.

Rossiya Avstraliyani keskin ogohlantirdi
Avstraliya hukumati Yevropa yetakchilari tomonidan ilgari surilgan “istak bildirganlar koalitsiyasi” tarkibida tinchlikparvar kuchlarni urushdan aziyat chekkan hududga yuborish taklifini ko‘rib chiqmoqda.

Rossiyaning Avstraliyadagi elchixonasi The Sydney Morning Herald nashriga bergan bayonotida Avstraliyaning bunday koalitsiyaga qo‘shilishi “og‘ir oqibatlarga olib kelishi” haqida ta’kidlagan.

“Rossiya Ukrainadagi xorijiy harbiylar mavjudligini mutlaqo qabul qilmasligini bir necha bor ochiq aytgan. Shuning uchun G‘arb harbiy kontingentlarini tinchlikparvarlar niqobi ostida joylashtirish g‘oyasi tinchlik o‘rnatish harakatlarini barbod qilishga qaratilgan."

“Avstraliya uchun ushbu ‘istak bildirganlar koalitsiyasi’ga qo‘shilish og‘ir oqibatlarga olib keladi. Yana bir bor takrorlaymiz: G‘arb askarlarining u yerda joylashishi Rossiya uchun qabul qilib bo‘lmaydi va biz bu holatga befarq qarab turmaymiz.”

“Kimdir bu bayonotni tahdid sifatida qabul qilmoqchi bo‘lsa: yo‘q, bu tahdid emas. Bu ogohlantirishdir. Rossiyaning avstraliyaliklarga zarar yetkazish niyati yo‘q, va Kanberra osonlik bilan muammolardan qochishi mumkin – buning uchun u Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiya zonasiga mas’uliyatsiz aralashuvdan tiyilishi kerak!”, deyiladi rasmiy bayonatda.

Avstraliya tashqi ishlar vaziri Penny Wong va Tashqi ishlar va savdo departamenti bu bayonot yuzasidan hozircha izoh bermagan.

Avstraliya bosh vaziri Entoni Albanese Ukrainani qo‘llab-quvvatlash borasidagi pozitsiyasini bir necha bor tasdiqlagan. Unga ko‘ra, Ukraina Rossiyaning bosqinchilik siyosatiga 10 yildan ortiq, jumladan, oxirgi uch yil ichida to‘liq bosqinga qarshi kurash olib bormoqda.

“Biz Ukrainada tinchlik o‘rnatilishini xohlaymiz, lekin biz shuningdek, Rossiyaning noqonuniy va axloqsiz harakatlari mukofotlanmasligini ta’minlashimiz kerak. Vladimir Putinning imperiyaga asoslangan rejalarini rag‘batlantirish yoki mukofotlash mumkin emas”, deydi Avstraliya bosh vaziri Entoni Albanese.

Biroq, u Avstraliyadan hali hech qanday rasmiy qo‘shin yuborish so‘ralmaganini aytdi. “Hozircha Ukrainada tinchlikparvar kuchlarni qo‘llab-quvvatlash uchun Avstraliya qo‘shinlarini joylashtirish rejada yo‘q”, dedi. Mudofaa sanoati vaziri Pet Konroy esa: “Bunday majburiyatni zimmasiga olish Avstraliya rejasida yo‘q”, deya qo‘shimcha qildi.

Avstraliya urush boshlanganidan buyon Ukrainaga 1,5 milliard dollardan ortiq yordam ajratgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing