Rossiya Bosh prokuraturasi "Tolibon"ni "oq ro'yxat"ga kiritmoqchi
Siyosat
Rossiya Bosh prokuraturasi Oliy sudga "Tolibon" harakatining faoliyatiga qo‘yilgan taqiqni to‘xtatish talabi bilan da'vo arizasi kiritdi. Sud majlisi 17-aprelga belgilangan.
Rossiya Bosh prokuraturasi terrorchi deb tan olingan "Tolibon" harakati faoliyatiga qo‘yilgan taqiqni to‘xtatish bo‘yicha da'vo arizasi bilan Oliy sudga murojaat qildi. Bu haqida 31-mart, dushanba kuni "Interfaks" agentligi sud bayonotiga tayanib xabar berdi.
Sud vakillarining ma'lum qilishicha, ushbu masala bo‘yicha sud majlisi 17-aprel kuni soat 14:00 da yopiq rejimda o‘tkaziladi.
Putin "Tolibon"ni taqiqlangan tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarishga ruxsat beruvchi qonunni imzoladi.
2024-yil dekabr oyining oxirida Rossiya prezidenti Vladimir Putin "Tolibon" harakatini taqiqlangan terroristik tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarishga ruxsat beruvchi qonunni imzoladi. Hujjatga ko‘ra, agar tashkilot terrorizm targ‘iboti, uni oqlash va qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq faoliyatini to‘xtatgan bo‘lsa, Rossiya Bosh prokurorining so‘roviga binoan sud taqiqni to‘xtatishi mumkin.
Ma'lumot o'rnida, avval Rossiyada bunday ro‘yxatdan chiqarish mexanizmi mavjud bo‘lmagan.
2024-yil oktabr oyi boshida TASS agentligi Rossiya prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zamir Kabulovga tayanib, Rossiya hukumati allaqachon "Tolibon"ni terroristik tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarish bo‘yicha "yuqori darajada" qaror qabul qilganini xabar qildi.
"Masala xohishda emas, Rossiya oliy rahbariyati bu borada prinsipial qaror qabul qilgan. Biroq barcha jarayonlar Rossiya huquqiy doirasida amalga oshirilishi kerak", — degan edi o‘shanda Kabulov jurnalistlarga.
"Tolibon" harakati 2003-yildan buyon Rossiyada terrorchi tashkilot sifatida tan olingan. 2021-yil avgust oyida Amerika qo‘shinlari Afg‘onistondan chiqib ketganidan so‘ng, "Tolibon" mamlakatda hokimiyatni egallagan. Shundan beri harakat vakillari muntazam ravishda Rossiyaga tashrif buyurib kelmoqda.

Powered by Froala Editor