Rossiya Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga tabrik yo‘lladi
O'zbekiston
Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin 24-iyul kuni 68 yoshini nishonlayotgan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga samimiy tabrik yo‘lladi. Maktubda O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti, ikki tomonlama strategik hamkorlik va mintaqaviy barqarorlikka qo‘shilayotgan hissasi alohida ta’kidlangan.
Hurmatli Shavkat Miromonovich!
Tavallud kuningiz munosabati bilan Sizni samimiy muborakbod etaman.
Siz xalqingiz orasida va xalqaro maydonda yuksak obro‘-e’tiborga sazovor bo‘lgansiz. Sizning rahnamoligingizda O‘zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyot yo‘lidan ishonch bilan ilgarilamoqda, mintaqaviy va xalqaro masalalarda konstruktiv rol o‘ynamoqda.
Siz shaxsan mamlakatlarimiz o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlashga ulkan hissa qo‘shmoqdasiz. Biz, shubhasiz, Rossiya va O‘zbekistonning do‘st xalqlari farovonligi yo‘lida, mintaqaviy barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlash manfaatlarini ko‘zlab, ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari bo‘yicha birgalikda ishlashda davom etamiz.
Sizga chin yurakdan mustahkam sog‘lik, farovonlik va davlat rahbari sifatidagi faoliyatingizda muvaffaqiyatlar tilayman.
Hurmat bilan,
Vladimir Putin,
Rossiya Federatsiyasi Prezidenti
Powered by Froala Editor