Rossiya sportchilari 2024-yilgi Olimpiadaning ochilish marosimida qatnashmaydi

Sport

Xalqaro olimpiya qo‘mitasining (XOQ) qaroriga ko’ra, Rossiya va Belarus sportchilari 2024-yilda Parijda bo‘lib o‘tadigan Olimpiada o‘yinlarining ochilish marosimidagi paradda qatnashmaydi.

Rossiya sportchilari 2024-yilgi Olimpiadaning ochilish marosimida qatnashmaydi
26-iyul kuni bo'lib o'tadigan ochilish marosimida Rossiya va Belarus sportchilariga faqat tomoshabin sifatida tashrif buyurishga ruxsat beriladi. Ularga paradda qatnashish qat'iyan man etiladi.

Parijdagi Olimpiadada Rossiya va Belarusdan 58 nafarga yaqin sportchi ishtirok etishi kutilmoqda, biroq neytral maqomda. Ularga o‘z milliy bayroqlari ostida chiqish, shuningdek, Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishini ochiq qo’llab-quvvatlash taqiqlanadi.

XOQ Rossiya va Belarus sportchilarining 11-avgust kuni Olimpiadaning yopilish marosimida ishtirok etishi to‘g‘risida keyinroq qaror qabul qiladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing