Rossiya va Belarus sportchilari Osiyo o‘yinlarida neytral maqomda ishtirok etadi

Sport

Osiyo o'yinlarida Rossiya va Belarusdan 500 ga yaqin sportchi ishtirok etadi. Ular milliy ramzlarsiz neytral sportchilar sifatida bahslashadi, toʻplagan natijalari medallar jadvalida hisobga olinmaydi.

Rossiya va Belarus sportchilari Osiyo o‘yinlarida neytral maqomda ishtirok etadi
Rossiya va Belarus sportchilariga 2023-yilgi Osiyo o‘yinlarida qatnashish uchun ruxsat berildi, biroq neytral maqomda. Bunday qaror Osiyo olimpiya qo‘mitasi Bosh assambleyasi yig‘ilishida qabul qilindi, deya xabar bermoqda Inside the Games portali.

Qayd etilishicha, Osiyo o'yinlarida Rossiya va Belarusdan 500 ga yaqin sportchi ishtirok etadi. Ular milliy ramzlarsiz neytral sportchilar sifatida bahslashadi, toʻplagan natijalari medallar jadvalida hisobga olinmaydi.

Eng yirik xalqaro turnir bo‘lmish Osiyo o‘yinlaridagi chiqish rossiyalik va belaruslik sportchilarga 2024-yilda Parijda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olishlari uchun zarur saralash natijalarini ko‘rsatish imkonini beradi.

Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi Rossiya va Belarus vakillarining Olimpiada o‘yinlariga qo‘yilishi yoki qo‘yilmasligi bo‘yicha yakuniy qarorga kelmagan. Iyun oyi oxirida Lozannada boʻlib oʻtgan XOQ Ijroiya kengashining navbatdagi sessiyasida qoʻmita vakillari “kerakli vaqtda” va “vaziyat qanday rivojlanishiga qarab” yakuniy qaror qabul qilishlarini maʼlum qilishgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing