Rossiya va Qozog'iston qo'nishga ruhsat bergan. Azal samaloyoti halokati ochiqlandi

Dunyo

"Baza" halok bo‘lgan AZAL samolyoti ekipajining dispecherlar bilan bo‘lgan to‘liq muzokaralar yozuvini nashr etdi. Unga ko‘ra, Grozniyga qo‘nmaslik, Maxachkalaga uchmaslik va keyin Bokuga qaytish va so'ngida Aktauga uchish qarorini "Azarbayjon havo yo‘llari" ekipaji mustaqil ravishda qabul qilgan.

Rossiya va Qozog'iston qo'nishga ruhsat bergan. Azal samaloyoti halokati ochiqlandi
Dispecherlar avval Grozniyga, keyin Maxachkalaga qo‘nishni taklif qilgan va boshqa Rossiya aeroportlariga oid ma'lumotlarni berishgan, ammo ekipaj u yerga qo‘nmaslikka qaror qilgan.

Bundan tashqari, yozuvlardan shuni anglash mumkinki, qush bilan to‘qnashuv va bortda gaz balonining portlashi versiyasini aynan samolyot ekipaji dispecherlar bilan bo‘lgan muzokaralar davomida taqdim etgan. Yozuvlar shuni ko‘rsatadiki, samolyotga tashqi ta'sir bo‘lgan, lekin uchuvchi bortda favqulodda vaziyatni e'lon qilmagan.

Ozarbayjonning Raqamli rivojlanish va transport vaziri Rashod Nabiyev ham samolyot halokatiga “tashqi aralashuv” sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkinligini aytdi.

25-dekabr kuni "Azarbayjon havo yo‘llari" aviakompaniyasining Boku — Grozniy yo‘nalishidagi Embraer 190 yo‘lovchi samolyoti Aktau yaqinida halok bo‘ldi. Samolyotda 67 nafar odam bo‘lgan, ulardan 38 nafari halok bo‘ldi, 29 nafari omon qolgan.

Eslatib o'tamiz, Baza bergan xabar hozircha rasman taqsdiqlanmadi ammo katta ehtimol bilan nashr ishonchli manbalardan ma'lumot taqdim etgani keltirilgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing