Rossiyada ODKBning besh davlati harbiylari aholi punktiga hujum qilish mashg‘ulotini o‘tkazdi
Dunyo
Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya va Tojikiston harbiylari ODKBning “Hamkorlik-2026” qo‘mondonlik-shtab mashg‘ulotlari doirasida shartli raqib egallagan aholi punktini ozod etish amaliyotini o‘tkazdi. Amaliy mashg‘ulot Rossiyaning “Chebarkulskiy” poligonida bo‘lib o‘tdi.
ODKB Kollektiv tezkor harakat kuchlarining hujum bo‘linmalari bir necha yo‘nalishdan oldinga siljidi. O‘qotar qurollar va zarbdor FPV-dronlar ko‘magida ular bir-biriga tutash yo‘nalishlarda harakatlanib, shartli raqib pozitsiyalarini bosqichma-bosqich egalladi va ularda mustahkamlandi.
Harbiylar havo razvedkasi ma’lumotlaridan foydalangan holda chekinayotgan shartli raqibni ta’qib qilishni ham mashq qildi. Jangovar mashinalar o‘qi ko‘magida shartli kuchlar yangi hududda mudofaa tashkil etishga uringan paytda yo‘q qilindi.
Amaliyotning yakuniy bosqichida ozod etilgan aholi punktidagi bino va inshootlarni tekshirish ishlari bajarildi. Bu vazifalarni ODKB Kollektiv tezkor harakat kuchlarining maxsus bo‘linmalari amalga oshirdi.
“Chebarkulskiy” poligonidagi mashg‘ulotlarda Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya va Tojikistondan qariyb 2 ming harbiy hamda 350 ta qurol-yarog‘, harbiy va maxsus texnika ishtirok etmoqda. “Hamkorlik-2026” doirasida turli turdagi uchuvchisiz uchish apparatlari va robototexnika komplekslaridan keng foydalanilmoqda.
Poligonda parallel ravishda ODKBning “Eshalon-2026” maxsus mashg‘uloti ham o‘tkazilmoqda. Unda qo‘shinlarni moddiy-texnik ta’minlash, moddiy vositalarni yetkazib berish, yaradorlar va shikastlangan texnikani evakuatsiya qilishda BPLAlar hamda yer usti robototexnika komplekslaridan foydalanish mashq qilinmoqda. Jumladan, yuk tashish va shikastlangan texnikani evakuatsiya qilish uchun mo‘ljallangan “Bogomol-7” robotlashtirilgan platformasidan foydalanilmoqda.
Mashg‘ulotlarda texnikani ta’mirlash, 3D-printerlarda ehtiyot qismlar ishlab chiqarish va robototexnika komplekslariga xizmat ko‘rsatish punktlari ham tashkil etilgan. Ta’mirlash bo‘linmalari zamonaviy jangovar harakatlar tajribasini hisobga olgan holda ishlamoqda, ularning xavfsizligi esa havo kuzatuv punktlari va mobil o‘t ochish guruhlari tomonidan ta’minlanmoqda.
ODKB avvalroq “Hamkorlik-2026”, “Qidiruv-2026” va “Eshalon-2026” reja asosidagi mashg‘ulotlar bo‘lib, ular boshqaruv organlari va qo‘shinlarning hamjihatligini oshirish hamda kollektiv xavfsizlik manfaatlari yo‘lida vazifalarni bajarishga tayyorgarlikni ta’minlashga qaratilganini ma’lum qilgan.

Powered by Froala Editor