Rossiyaning B1 kompaniyasi O‘zbekistondagi konsalting bozoriga chiqish niyatida

Biznes

Rossiyaning B1 kompaniyalar guruhi O‘zbekistondagi konsalting xizmatlari bozoriga chiqish niyatida. Bu haqda Rossiyaning O‘zbekistondagi savdo vakolatxonasi xabar bermoqda.

Rossiyaning B1 kompaniyasi O‘zbekistondagi konsalting bozoriga chiqish niyatida
Vakolatxona maʼlumotlariga koʻra, Rossiya savdo vakili Konstantin Zligostev va B1 xalqaro savdo boʻlimi rahbari Irina Bixovskaya ikki tomonlama hamkorlik masalalarini koʻrib chiqdi.

"Tomonlar O'zbekistonda konsalting xizmatlari bozorining rivojlanishi, shu kabi kompaniyalar duch kelayotgan muammolar, shuningdek, istiqbolli o'sish nuqtalarini muhokama qildilar. Uchrashuv yakunida Rossiya kompaniyasining O'zbekistondagi xizmatlarini ilgari surishda o'zaro hamkorlik to'g'risida kelishuvga erishildi”, — deyiladi savdo vakolatxonasining Telegram-kanalida eʼlon qilingan xabarda.

B1 kompaniyalar guruhi auditorlik xizmatlari, strategik, texnologik va biznes-konsalting, bitimlar, baholash, soliqqa tortish, huquq va biznesni qo'llab-quvvatlash sohasida "ko'p tarmoqli ekspertiza"ni taklif etadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing