Rossiyaning Belgorod viloyatidan 9 mingga yaqin bola evakuatsiya qilindi

Dunyo

Rossiya Federatsiyasining Belgorod viloyatidan 9 mingdan ortiq bola Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan o'qqa tutilganligi sababli mamlakatning turli mintaqalariga evakuatsiya qilindi, deya xabar bermoqda TASS viloyat gubernatori Vyacheslav Gladkovning bayonotiga asoslanib.

Rossiyaning Belgorod viloyatidan 9 mingga yaqin bola evakuatsiya qilindi
"Bolalarimiz, 400 kishi, Vologda va Volgogradga kelishdi. Umuman olganda, boshqa hududlarga Belgorod viloyatining 9 mingdan ortiq yosh aholisi joylashtirilgan. Hamma nazorat qilinmoqda. Aziz ota-onalar, barcha murojaatlaringizni viloyatlar rahbarlari bilan birgalikda diqqat bilan ko’rib chiqmoqdamiz. Va ularning barchasi alohida nazorat ostida", — deb yozdi Belgorod viloyati gubernatori o'zining Telegram kanalida.

Eslatib o'tamiz, Belgorod chegarasi va viloyat markazidagi operatsion vaziyat tufayli maktablar, bolalar bog'chalari va qo'shimcha ta'limning barcha sohalari ishlamayapti. Bolalarni qabul qilgan Rossiyaning uchta mintaqasida ular allaqachon maktab mashg'ulotlarini davom ettirishmoqda va kunduzgi ta'lim olishmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing