Ruminiya elchisi Oʻzbekiston boʻylab havo sharida parvoz qildi
O'zbekiston
Parvoz O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan amalga oshirilgan. U 60 daqiqa davom etgan, 900 metr balandlikka koʻtarilgan.
Kecha, 7-avgust kuni Ruminiyaning Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Daniel Kristian Chobanu havo sharida Samsarak-Parkent yo‘nalishi bo‘ylab parvoz qildi. 60 daqiqa davom etgan parvoz vaqtida elchi 900 metr balandlikka koʻtarildi, deya xabar bermoqda “Dunyo”.
Ruminiya diplomatik vakolatxonasi maʼlumotlariga koʻra, elchi ishtirokidagi parvoz Ruminiya diplomatiyasining 161 yilligini nishonlash doirasidagi xalq diplomatiyasi hodisasiga aylangan (27-iyul kuni Ruminiyada Tashqi ishlar vazirligi tashkil etilganining 161 yilligi nishonlandi).
Parvoz O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan amalga oshirilgan.
Ruminiya elchisi Aeronavtika federatsiyasi raisi Tohir Saliyev bilan suhbatda uning mamlakati O‘zbekiston bilan ikki tomonlama munosabatlarni har ikki davlat va xalqlar manfaati yo‘lida chuqurlashtirishga intilayotganini ta’kidladi. Unga koʻra, Ruminiya O‘zbekiston bilan siyosiy, diplomatik, savdo-iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy sohalarda hamkorlikni mustahkamlashni ustuvor vazifa deb biladi.
Maʼlumot uchun, Daniel Kristian Chobanu — O'zbekistonda havo sharida uchgan birinchi xorijiy elchi bo'ldi. 2022-yilda u O‘zbekiston mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan Qashqadaryo viloyatidagi Hazrati Sulton cho‘qqisiga (4083 metr) ko‘tarilgan edi. 2021-yilda esa mustaqillikning 30 yilligi munosabati bilan elchi Katta Chimyon cho‘qqisiga (3309 metr) ko‘tarilgan.

Powered by Froala Editor