Sadir Japarovning O’zbekistonga tashrifi yakunlandi
O'zbekiston
Prezident Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan Urganch xalqaro aeroportida Prezident Sadir Japarov va rafiqasini kuzatib qo‘ydi.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifi bilan mamlakatimizga kelgan Qirg‘iz Prezidenti Sadir Japarovning davlat tashrifi yakunlandi.
Ikki kunlik tashrif doirasida oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tdi, ularning yakunida yetakchilar Keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish va kengaytirish to‘g‘risida qo‘shma bayonotni imzoladi.
Ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli to‘plami qabul qilindi. Energetika, avtomobilsozlik va to‘qimachilik sanoatida yirik qo‘shma loyihalarga start berildi.
Davlat rahbarlari O‘zbekiston va Qirg‘iziston san’at ustalarining konsertini tomosha qilishdi.
Bugun yetakchilarning muloqoti Xivada davom etdi. "Xiva gilamlari" kombinatining ishlab chiqarish quvvatlari, "Made in Uzbekistan" brendi ostidagi mahsulotlar ko‘rgazmasi bilan tanishildi.
Prezidentlar rafiqalari bilan birgalikda qadimiy Xiva shahrining tarixiy-me’moriy durdonalarini ham ziyorat qilishdi.
Tashrif tadbirlari yakunlangach, Prezident Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan Urganch xalqaro aeroportida Prezident Sadir Japarov va rafiqasini kuzatib qo‘ydi. Shundan so‘ng Shavkat Mirziyoyev Toshkentga jo‘nab ketdi.

Powered by Froala Editor