Saida Mirziyoyeva AQSH Davlat kotibining yordamchisi bilan uchrashdi

O'zbekiston

7-noyabr kuni O‘zbekiston Prezidentining yordamchisi Saida Mirziyoyeva ayni damda O‘zbekistonda bo‘lib turgan AQSH Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha yordamchisi Donald Lu bilan uchrashdi. Bu haqda u o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma’lum qildi.

Saida Mirziyoyeva AQSH Davlat kotibining yordamchisi bilan uchrashdi
Qayd etilishicha, muloqot davomida ta’lim, madaniyat, ayollar va bolalar huquqlarini ta’minlash kabi sohalarda mamlakatlar o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilingan.

Shuningdek, O‘zbekistonda OAV faoliyati va fuqarolik jamiyatini qo‘llab-quvvatlash hamda inson huquqlari sohasida o‘zaro hamkorlik yuzasidan fikr almashilgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing