Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universitetiga tashrif buyurdi
O'zbekiston
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universitetining faoliyati bilan tanishdi. Ayni paytda universitetda to‘rtta yo‘nalish bo‘yicha qariyb 10 ming talaba tahsil olmoqda.
Universitet ma’muriy, ta’lim va ilmiy jarayonlarga raqamli yechimlarni faol joriy etmoqda, dual ta’limni rivojlantirmoqda hamda ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirmoqda. Universitet kampusi, shuningdek, barqaror yechimlarni joriy etish maydoni sifatida rivojlantirilmoqda.
Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni rivojlantirish yangi arxitektura va muhandislik yechimlarini yaratish hamda joriy eta oladigan mutaxassislarni tayyorlashsiz mumkin emasligini ta’kidladi.
«O‘zbekiston shaharlari o‘z-o‘zidan zamonaviy va yashil bo‘lib qolmaydi. Nostandart fikrlay oladigan mutaxassislarni — ekologik barqaror arxitektura va muhandislik yechimlarini yaratadigan va joriy etadigan me’morlar, loyihachilar, muhandislar va boshqa mutaxassislarni tayyorlash muhim», — deyiladi 5 oktabr kuni e’lon qilingan xabarda.
Shu tariqa, arxitektura, loyihalash va muhandislik sohalarida professional kadrlar tayyorlash O‘zbekistonning zamonaviy va ekologik barqaror shaharlarini rivojlantirishning muhim tarkibiy qismi sifatida qayd etilmoqda.

Powered by Froala Editor