Saida Mirziyoyeva Yuta shtatidan kelgan biznes delegatsiya bilan uchrashdi

Biznes

Bugun Yuta shtatining (AQSH) Devid Bednar boshchiligidagi biznes delegatsiyasi bilan mazmunli uchrashuv o‘tkazib, O‘zbekiston – AQSH munosabatlari rivojida yangi bosqich boshlanganini mamnuniyat bilan qayd etdik.

Saida Mirziyoyeva Yuta shtatidan kelgan biznes delegatsiya bilan uchrashdi
Prezident Shavkat Mirziyoyevning AQSH fuqarolari uchun vizasiz tartib joriy etish to‘g‘risidagi qarori ishbilarmonlik va gumanitar aloqalarni kengaytirishda muhim qadam bo‘lishi ta’kidlandi.

Endilikda Prezident farmoni bilan Amerika – O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi tashkil etilib, uni muvofiqlashtirish maqsadida O‘zbekistonning AQSHdagi elchixonasi tuzilmasida maslahatchi-elchi lavozimi joriy etilmoqda. Shuningdek, ushbu farmon asosida O‘zbekiston rezidentlari O‘zbekiston banklaridagi hisobvaraqlaridan mablag‘larni AQSHda korxonalar tashkil etish, ularning kapitalida ishtirok etish yoki filiallarini mablag‘ bilan to‘ldirish uchun erkin o‘tkazishlari mumkin bo‘ladi.

Bu tadbirkorlarimizning tashqi iqtisodiy faolligini rivojlantirish, AQSH bilan investitsiyaviy hamkorlikni mustahkamlash, O‘zbekistonning ochiq, zamonaviy iqtisodiyot sifatidagi yangi imijini shakllantirish yo‘lidagi muhim qadamdir.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing