Saidov Ozarboyjonda Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi bilan uchrashdi

Siyosat

Uchrashuvda joriy yilning noyabr oyida Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Tashkilotning 16-sammiti kun tartibi va tashkiliy jihatlariga alohida e’tibor qaratilgan.

Saidov Ozarboyjonda Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi bilan uchrashdi
Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Ozarbayjonning Shusha shahrida Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Xusrav Noziriy bilan uchrashdi. Bu haqda Saidov oʻzining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida maʼlum qildi.

Unga koʻra, uchrashuvda bir qator dolzarb mavzular muhokama qilingan.
“Joriy yilning noyabr oyida Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Tashkilotning 16-sammiti kun tartibi va tashkiliy jihatlariga alohida e’tibor qaratgan holda hamkorligimizning bir qator dolzarb mavzularini muhokama qildik”, deydi Oʻzbekiston tashqi siyosati yetakchisi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing