Samarqand 2025-yilda Islom dunyosining madaniy poytaxti deb e’tirof etildi
O'zbekiston
ICESCO bosh direktorining O‘zbekistonga tashrifi doirasida Samarqandda keng ko‘lamli xalqaro madaniy tadbirlarni o‘tkazishga kelishib olindi.
24-may kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha Islom tashkiloti (ICESCO) bosh direktori doktor Salim bin Muhammad Al-Malikiy bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muzokaralar chog‘ida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
ICESCOning Samarqand shahrini 2025-yilda islom dunyosining madaniy poytaxti deb e’lon qilish tashabbusiga alohida e’tibor qaratildi. Tashkilot rahbarining so‘zlariga ko‘ra, ushbu maqom "madaniy hamkorlikka yangi turtki beradi va O‘zbekistonning islom sivilizatsiyasidagi yetakchi rolini ta’kidlaydi."
Yil davomida ICESCO O‘zbekistonning tegishli vazirlik va idoralari bilan birgalikda keng va mazmunli tadbirlar dasturini tashkil etadi. Samarqandda e’lon qilingan madaniyat yili doirasida "Islom dunyosining madaniy merosi: xattotlik, musiqa, she’riyat va birlik" mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Forumda ICESCOga a’zo mamlakatlar madaniyat vazirlari, xalqaro tashkilotlar va madaniyat muassasalari vakillari ishtirok etadi.
Bundan tashqari, uchrashuv davomida tomonlar yaqin kelajakda hamkorlikni chuqurlashtirish va istiqbolli loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha aniq qadamlarni o‘z ichiga olgan "yo‘l xaritasi"ni imzoladilar.

Powered by Froala Editor