Samarqand ekologiya va inson huquqlari bo‘yicha xalqaro forumga tayyorgarlik ko‘rmoqda

O'zbekiston

Shu yilning 13–14-iyun kunlari "Ekologik muammolar: o'zgaruvchan dunyoda inson huquqlari kelajagi va barqaror yechimlar topish" mavzusida Inson huquqlari bo'yicha IV Samarqand forumi bo'lib o'tadi, deb xabar bermoqda Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligining “Dunyo” axborot agentligi.

Samarqand ekologiya va inson huquqlari bo‘yicha xalqaro forumga tayyorgarlik ko‘rmoqda
Forum doirasida oflayn va onlayn tarzda uchta yalpi majlis o'tkaziladi.

Forumda asosiy e'tibor iqlim o'zgarishlarining inson huquqlariga ko'rsatadigan salbiy ta'sirini yumshatishga oid aniq tavsiya va yechimlar tayyorlashga qaratiladi. Bu boradagi munozaralar Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish va o'zgarayotgan iqlim sharoitida har bir insonning huquqlarini himoya qilish uchun ko'maklashadigan samarador strategiya va yondashuvlarni ishlab chiqish uchun turli soha mutaxassislariga qulay maydon bo'lib xizmat qilishi kutilmoqda.

Forumda 200 nafar mutaxassis qatnashishi rejalashtirilgan. Xususan, milliy va xorijiy ekspertlar, iqlim bo'yicha mutaxassislar, davlat tashkilotlarining iqlim o'zgarishi muammolari bilan shug'ullanadigan mas'ullari, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari, ilmiy tadqiqot markazlari, kompaniyalar, ishbilarmon doiralar va xalqaro tashkilotlarning vakillari taklif etilgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing