Samarqand xalqaro aeroporti Yevropa reytingida 2-o‘rinni egalladi

O'zbekiston

Samarqand xalqaro aeroporti 2024-yilning birinchi yarmida yo‘lovchi oqimining o‘sishi bo‘yicha ACI Europe reytingida 2-o‘rinni egalladi. Ushbu reyting yiliga 1 milliondan 10 milliongacha yo‘lovchi tashiydigan aeroportlar orasida tuziladi.

Samarqand xalqaro aeroporti Yevropa reytingida 2-o‘rinni egalladi
Ma'lumotlarga ko‘ra, 2024-yil iyul oyida aeroportda 117 ming yo‘lovchi xizmatdan foydalangan, bu esa 2023-yilning shu davriga nisbatan 51 foiz ko‘p demakdir. Yilning dastlabki olti oyida Samarqand aeroporti 647 ming yo‘lovchini qabul qilgan, bu esa o‘tgan yilga nisbatan 47 foizlik o‘sishni anglatadi.

Bunday yuqori natijalarga erishishning asosiy sabablari:

Yo‘lovchi oqimining uzluksiz o‘sishi: 2022-yil oktabrdan buyon 22 oy davomida barqaror o‘sish kuzatilmoqda.

Aviakompaniyalar bilan hamkorlik: Hozirda 21 ta aviakompaniya aeroport orqali 18 ta yo‘nalishda (17 ta xalqaro va 1 ta mahalliy) parvozlarni amalga oshirmoqda

Infratuzilmaning rivojlanishi: Aeroportni boshqaruvchi "Air Marakanda" kompaniyasi xizmat sifati va yo‘lovchilarga qulaylik yaratish bo‘yicha faol ish olib bormoqda.

Samarqand xalqaro aeroportining bunday yutuqlari O‘zbekistonda turizm va transport infratuzilmasining jadal rivojlanayotganidan dalolat beradi. Bu esa nafaqat mintaqaviy, balki xalqaro aviatsiya tarmog‘ida ham o‘z o‘rnini mustahkamlashiga xizmat qiladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing