Samarqandda BMTning davlat xizmatlari bo‘yicha forumi bo‘lib o‘tadi
O'zbekiston
23-25-iyun kunlari Samarqandda BMTning Xalqaro davlat xizmatlari forumi (UNPSF) bo‘lib o‘tadi, u butun dunyodan vazirlar, yetakchi ekspertlar va innovatorlarni davlat xizmatlarini jadal rivojlantirish yo‘llarini muhokama qilish uchun birlashtiradi.
Bu yil "Silk Road Samarkand" majmuasida bo‘lib o‘tayotgan BMTning Davlat xizmatlari xalqaro forumi (UNPSF) mavzusi - "2030-yilgacha besh yil: Barqaror kelajak uchun davlat xizmatlarini ko‘rsatishni jadallashtirish."
Forum vazirlar, yetakchi xalqaro ekspertlar va innovatorlarni bir maydonda jamlaydi. Tadbir doirasida zamonaviy texnologiyalar, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tendensiyalari va davlat boshqaruvidagi yangi yondashuvlarni muhokama qilish rejalashtirilgan.
Boshqaruv tizimini takomillashtirish, davlat tuzilmalarini raqamlashtirish va samaradorligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Forum BMTning 2030-yilgacha bo‘lgan davrga mo‘ljallangan kun tartibida belgilangan barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishga qaratilgan xalqaro tajriba almashish uchun muhim maydonga aylanadi.

Powered by Froala Editor