Samarqandda Global investitsiya forumi tashkil etiladi

O'zbekiston

Forumda vazirlar va xalqaro moliya institutlari rahbarlari darajasida muhokamalar, 5 ta panel sessiyasi hamda 22 ta taqdimot o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Samarqandda Global investitsiya forumi tashkil etiladi
Samarqandda UNWTO Bosh Assambleyasi 25-sessiyasi doirasida Global investitsiya forumi va ko‘rgazma tashkil etiladi. Bu haqda Turizm qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

17–18-oktyabr kunlari o‘tkaziladigan forumda vazirlar va xalqaro moliya institutlari rahbarlari darajasida muhokamalar, 5 ta panel sessiyasi hamda 22 ta taqdimot o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Forum davomida O‘zbekistonning 14 ta hududi mavjud turistik-investitsion salohiyati, 3 ta turistik-rekreatsion zona (Zomin, Chorvoq, Chimon), Markaziy Osiyo davlatlari, shuningdek, 4 ta startap loyihalari (Yaponiya, Chexiya, Fransiya va Braziliya) namoyish etiladi. Bundan tashqari, Turizm qo‘mitasi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, “O‘zbekiston aeroportlari” AJ va “O‘zbekiston vertolotlari” MChJlarning stendlari tashkil qilinadi.

Shuningdek, umumiy qiymati 2 mlrd dollarlik istiqbolli loyihalar manzilli ro‘yxati shakllantirilib, investorlarga taqdim etiladi.

Ma’lumot uchun, UNWTO Bosh Assambleyasi sessiyasida 120 dan ortiq yirik xorijiy investorlar hamda 500 dan ortiq yirik mahalliy kompaniyalar ishtirok etishi kutilmoqda.

16–20-oktyabr kunlari Samarqanddagi “Silk Road Samarkand” sayyohlik majmuasida BMT Butunjahon turizm tashkiloti Bosh assambleyasining 25-sessiyasi bo‘lib o‘tadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing