Samarqandda YUNESKO milliy komissiyalarining 12-yig‘ilishi boshlandi
O'zbekiston
Samarqand shahrida YUNESKOning 43-Bosh konferensiyasi doirasida Milliy komissiyalarning 12-yig‘ilishi o‘tkazilmoqda. Tadbirda o‘nlab mamlakat vakillari yoshlar siyosati, inklyuzivlik va barqaror rivojlanish bo‘yicha g‘oyalarini muhokama qilmoqda.
Bugun Samarqandda YUNESKO Milliy komissiyalarining 12-yig‘ilishi boshlandi.
Mazkur tadbir YUNESKOning ilk bor Parijdan tashqarida o‘tayotgan 43-Bosh konferensiyasi doirasida tashkil etilgan.
Yig‘ilishni YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy komissiyasi raisi Gayane Umerova ochib berdi. U, shuningdek, majlis raisi etib saylandi.
Kun tartibidagi asosiy masalalar:
- yoshlar siyosatini rivojlantirish;
- davlat, fuqarolik jamiyati va xususiy sektor o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish;
- barqaror rivojlanish va inklyuzivlik masalalari.
O‘zbekiston, Belarus va boshqa davlatlar delegatsiyalari yoshlar siyosatini rivojlantirish bo‘yicha o‘z tajribalari va tashabbuslarini taqdim etdilar.
Ishtirokchilar Samarqandni YUNESKO doirasidagi madaniy muloqot va hamkorlik markazlaridan biri sifatida e’tirof etdilar.

Powered by Froala Editor