Samarqandga “Madaniy turizmning xalqaro poytaxti” maqomi berildi
O'zbekiston
UNWTO Bosh Assambleyasi 25-sessiyasi doirasida Samarqandga “Madaniy turizmning xalqaro poytaxti” maqomini berish to‘g‘risida deklaratsiya qabul qilindi.
Samarqandda o‘tayotgan Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh Assambleyasining yubiley 25-sessiyasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev huzurida Samarqandga «Madaniy turizmning xalqaro poytaxti» maqomini berish to‘g‘risida deklaratsiya hamda Xalqaro turizm akademiyasini tashkil etish to‘g‘risida bitim qabul qilindi.
Hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov va UNWTO bosh kotibi Zurab Pololikashvili tomonidan imzolandi.
Hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov va UNWTO bosh kotibi Zurab Pololikashvili tomonidan imzolandi.
Powered by Froala Editor