“Samsung” o'z gadjetlariga qondagi qand miqdorini nazorat qilish funksiyasini qo'shadi

Texnologiya

“Samsung” mobil sog'liqni saqlash bo'limi rahbari Xon Park korporatsiyaning qondagi qand miqdorini terini teshmasdan tahlil qiluvchi glyukoza o’lchagichini yaratish niyati haqida ma’lum qildi.

“Samsung” o'z gadjetlariga qondagi qand miqdorini nazorat qilish funksiyasini qo'shadi
Qondagi qand miqdorini nazorat qiluvchi qurilma bozorda besh yil ichida paydo bo'lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda. “Samsung" ushbu g'oyani amalga oshirish uchun turli xil texnologik platformalarni ko'rib chiqmoqda. Bundan tashqari, Xon Park foydalanuvchilar kundalik faoliyatdan chalg‘itmaydigan va salomatlik ko‘rsatkichlarini tahlil qila oladigan aqlli qurilmaga ega bo‘lishni xohlayotganini ta’kidladi.

Shuningdek, u shunga o‘xshash funksiyalarni kelajakda “Samsung” yanvar oyida taqdim etgan “Galaxy Ring”ga ham o‘rnatish mumkinligiga ishora qildi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing