Sankt-Peterburgdan Samarqandga uchayotgan samolyot favqulodda Moskvaga qo‘ndi
Dunyo
Bugun, 7 yanvar kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridan Samarqandga uchayotgan Boeing 737 samolyoti nosozlik tufayli Moskva shahrining Vnukovo aeroportiga favqulodda qo‘ndi. Bu haqida UTAir kompaniyasi ma’lum qildi.
Xabarga ko'ra, bortda 173 yo‘lovchi bilan Sankt-Peterburgdan Samarqandga yo‘l olgan Boeing 737 samolyoti stabilizator nosozligi sababli Moskvaning Vnukovo aeroportiga favqulodda qo‘nishga majbur bo‘lgan.
Ekipaj a’zolari samolyotda texnik nosozlik aniqlagan. Bildirilishicha, mutaxassislar uni ko‘zdan kechirib, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni bartaraf etgandan so‘ng samolyot parvozni davom ettiradi.
“Flightradar” portali ma’lumotlariga ko‘ra, samolyot Vnukovoga qo‘ngunga qadar Vereya shahri yaqinida bir necha marta aylangan.

Powered by Froala Editor