Saudiya Arabistonida Makka tarixidagi eng yirik shaharsozlik loyihasi – “Podsho Salmon darvozalari” boshlandi

Dunyo

Saudiya Arabistonida “Podsho Salmon darvozalari” nomli Makka shahrining eng yirik shaharsozlik loyihasiga start berildi. Tantana bilan bo‘lib o‘tgan marosimni valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon ochib berdi.

Saudiya Arabistonida Makka tarixidagi eng yirik shaharsozlik loyihasi – “Podsho Salmon darvozalari” boshlandi
Loyiha 12 million kvadrat metr maydonni qamrab oladi va Masjid al-Haram yaqinida amalga oshiriladi. Uning doirasida taxminan 900 ming ziyoratchi uchun qo‘shimcha joylar yaratiladi, yangi turar joy va madaniy hududlar barpo etiladi hamda zamonaviy transport tizimi joriy etiladi.

Loyihaning muhim jihatlaridan biri – islomiy merosni asrab-avaylash. Shu maqsadda 19 ming kvadrat metr tarixiy inshootlarni restavratsiya qilish rejalashtirilgan.

Ushbu tashabbus Saudiya Arabistonining “Vision 2030” dasturi doirasida amalga oshirilmoqda. U iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish, 300 mingtagacha yangi ish o‘rinlarini yaratish va Makkaga keluvchi ziyoratchilar sonini 2036 yilgacha yiliga 30 million kishiga yetkazishni maqsad qiladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing