Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinni prezidentlik saylovidagi g‘alabasi bilan tabrikladi
Siyosat
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinni bo‘lib o‘tgan Prezident saylovida qozongan ishonchli g‘alabasi bilan tabrikladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
Shavkat Mirziyoyev maktubida saylovchilarning yuqori faolligi va ovoz berish natijalari aholi Vladimir Putinning siyosati va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar dasturiga ishonch bildirayotgani va ularni qat’iy qo‘llab-quvvatlayotganining navbatdagi yorqin namoyishi bo‘lgani ta’kidlanadi.
O’zbekiston yetakchisi Rossiya Prezidentiga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va davlatchilik faoliyatida katta muvaffaqiyatlar, Rossiya xalqiga esa tinchlik va ravnaq tiladi.
Rossiya Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, Putin 87,2% ovoz to‘plagan.
Rossiya Federatsiyasi Kommunistik partiyasidan Nikolay Xaritonov 4,2%, “Yangi xalq” partiyasidan Vladislav Davankov 4%, Liberal-demokratik partiyadan Leonid Slutskiy 3,2% ga yaqin ovozga ega.
Saylovchilarning dastlabki ishtiroki 74,22% ni tashkil etdi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiyada prezidentlik saylovlari ilk bor uch kun — 15–17-mart kunlari davom etdi.

Powered by Froala Editor