SBU Novorossiyskda Rossiya suvosti kemasi portlatilganini bildirdi
Dunyo
Ukraina Xavfsizlik xizmati (SBU) ma’lum qilishicha, Sub Sea Baby nomli ukrain suvosti dronlari Novorossiysk portida turgan Rossiyaning 636.3-loyiha “Varshavyanka” turidagi dizel-elektr suvosti kemasini portlatgan.
SBU bayonotiga ko‘ra, portlash oqibatida suvosti kema jiddiy shikastlangan va amalda safdan chiqarilgan. Maxsus xizmat port hududida sodir bo‘lgan portlash aks etgan, deya ta’riflangan videoni e’lon qildi. Shuningdek, suvosti kemada Ukrainaga qarshi zarbalarda qo‘llaniladigan “Kalibr” qanotli raketalari uchun to‘rtta uchirish qurilmasi bo‘lgani aytildi. “Varshavyanka” turidagi bitta suvosti kemaning qiymati taxminan 400 million dollar deb baholandi.
Rossiya Qora dengiz floti esa diversiya urinishi maqsadiga yetmaganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi ushbu bayonotga rasmiy izoh bermadi.
Hozircha Novorossiysk portida suvosti kema portlatilgani haqidagi ma’lumotlar mustaqil manbalar tomonidan tasdiqlanmagan.
Avvalroq ukrain dronlari Novorossiysk portidagi neft terminallari va boshqa infratuzilma obyektlariga bir necha bor hujum qilgan edi. Shaharda turar joy binolari va Kaspiy quvur konsorsiumi ofisiga zarar yetgani haqida ham xabarlar bo‘lgan. Novorossiyskda Rossiya Qora dengiz flotining harbiy-dengiz bazasi joylashgan.

Powered by Froala Editor