Shahnoza Mirziyoyeva va Diyene Keyta ijtimoiy ko‘makni keng ko‘lamda isloh qilishga kelishib oldilar

O'zbekiston

BMT Bosh kotibi o‘rinbosari Diyene Keyta bilan o‘tgan muhim muzokaralar chog‘ida Shahnoza Mirziyoyeva yangi qo‘shma tashabbuslarni ishga tushirishni kelishib oldi. Diqqat markazida — manzilli ko‘mak berishning noyob modelini kengaytirish, gender zo‘ravonlik qurbonlarini himoya qilish va BMTning ilg‘or standartlarini milliy ijtimoiy himoya tizimiga integratsiya qilish masalalari bo‘ldi.

Shahnoza Mirziyoyeva va Diyene Keyta ijtimoiy ko‘makni keng ko‘lamda isloh qilishga kelishib oldilar
Shahnoza Mirziyoyeva BMT Bosh kotibi o‘rinbosari, UNFPA (BMT Aholishunoslik jamg‘armasi) Ijrochi direktori Diyene Keyta bilan muzokaralar o‘tkazdi. Uchrashuvning asosiy mavzusi ijtimoiy himoya sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish bo‘ldi. Tomonlar inklyuziv ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish, ehtiyojmand oilalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, gender zo‘ravonlik qurbonlariga yordam berish mexanizmlari hamda soha mutaxassislarini professional tayyorlash masalalarini atroflicha muhokama qildilar.

Diyene Keyta bugungi kunda O‘zbekistonda aholini qo‘llab-quvvatlashning noyob va samarali tizimi shakllantirilayotganini alohida ta’kidladi. BMT vakillari fuqarolarga majmuaviy, manzilli va qulay yordam ko‘rsatib kelayotgan respublika “Inson” markazlarining muvaffaqiyatli faoliyatini alohida qayd etdilar. Uchrashuv yakunida tomonlar amaliy ishlarni davom ettirish va birgalikda yangi loyihalarni rivojlantirishga kelishib oldilar.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing