Shahrisabz aeroportida fuqaro aviatsiyasi yo‘lga qo‘yiladi
O'zbekiston
1-yanvardan boshlab Toshkent-Qarshi yo‘nalishida aviareyslar haftasiga 2 martadan 7 martaga oshiriladi.
Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida boʻlib oʻtayotgan Shahrisabz aeroportida fuqaro aviatsiyasi yo‘lga qo‘yilishi ta’kidlandi.
Qayd etilishicha, 1-yanvardan boshlab Shahrisabz aeroportiga yangi ATR samolyoti parvozlari yo‘lga qo‘yilib, Samarqand, Buxoro, Xorazm va vodiy viloyatlariga mahalliy reyslar ko‘paytiriladi. Toshkent-Qarshi yo‘nalishida aviareyslar haftasiga 2 martadan 7 martaga oshiriladi.
Natijada, aviachiptalar narxi 2 barobar arzonlashadi, xorijiy va mahalliy sayyohlar oqimi esa 3 barobar ko‘payadi.
Mutasaddilarga “Taxtaqoracha” dovonidan o‘tish talablarini yengillashtirish topshirildi.
Kelgusi yilda “Taxtaqoracha” dovonida yangi tonnel va yo‘l qurish loyihasi boshlanadi. Xitoylik investorlar bilan birga Samarqand bilan Shahrisabzni bog‘lovchi 30 kilometr yo‘lni ta’mirlash ishlari boshlanadi.
Shuningdek, “Gʻuzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” yo‘lining Qashqadaryodan o‘tgan 100 kilometr qismini ta’mirlashga 122,5 million dollar jalb qilinadi.
Umuman, kelgusi yilda xorijiy sayyohlarni 500 mingtaga yetkazish vazifasi qo‘yildi.

Powered by Froala Editor