“Shajara”: o‘zbekistonliklar endi nasab daraxtini onlayn bilishlari mumkin

O'zbekiston

2026-yil 1-sentabrdan boshlab O‘zbekistonda “Shajara” axborot tizimi ishga tushadi. U fuqarolarga arxiv hujjatlari va DNK tahlili asosida o‘z oilaviy nasabnomalarini aniqlash imkonini beradi.

“Shajara”: o‘zbekistonliklar endi nasab daraxtini onlayn bilishlari mumkin
O‘zbekistonda fuqarolarga oilaviy shajarasini shakllantirish imkonini beruvchi “Shajara” nomli yangi axborot tizimi yaratilmoqda. Tizim 2026-yil 1-sentabrdan ish boshlaydi.

Platforma orqali foydalanuvchilar ZAGS arxivlari va boshqa rasmiy hujjatlar asosida o‘z nasab daraxti haqida ma’lumot olishi mumkin bo‘ladi. Shuningdek, Respublika sud ekspertizasi markazining DNK xizmati yordamida etnik kelib chiqishni aniqlash imkoniyati taqdim etiladi.

Ma’lumotlar quyidagi tarixiy davrlar bo‘yicha taqdim etiladi:
— IX asrdan 1917-yilgacha,
— 1918-yildan 1945-yilgacha,
— 1946-yildan hozirgi kungacha.

Loyiha aholining genealogik ma’lumotlarga keng kirishini ta’minlash va tarixiy hujjatlarni tizimlashtirishga qaratilgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing