Shartnomaviy miqdordan ko‘p iste'mol qilingan elektr va gaz uchun to‘lov miqdori o‘zgardi
O'zbekiston
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi "Qayta tiklanuvchi elektr manbalaridan foydalanish kengaytirilishi hamda ta'rif islohotlarining tizmli amalga oshirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida"gi 894-sonli qarori qabul qilindi.
Unga ko‘ra, yuridik iste'molchilar tomonidan hisob-kitob davrida elektr energiyasi va tabiiy gaz iste'moli shartnomaviy miqdordan 20 foiz va undan ortishiga yo‘l qo‘yilganda, belgilangan tarifning 1,2 baravari miqdorida to‘lov undiriladi.
Bundan avval yuridik shaxslar uchun shartnomaviy miqdordan oshgan iste'mol uchun 2 va 3 baravarlik tariflar joriy qilingan edi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 2024-yilning avgust oyida tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda tadbirkorlik subyektlari uchun elektr va gaz iste'moli limitdan 20 foizgacha oshib ketsa ham bazaviy tariflar saqlanib qoladigan tartib joriy qilinishini aytgan edi.
Ma’lumot o’rnida, ushbu tartib maishiy iste'molchilar, ya'ni aholi xonadonlari uchun emas, tadbirkorlik subyektlari uchun joriy qilinmoqda.

Powered by Froala Editor