Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan BAAga boradi

Siyosat

Shavkat Mirziyoyev BAA Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid al-Nahayon taklifiga binoan 30-noyabr —2-dekabr kunlari BMTning Iqlim o‘zgarishi masalalari bo‘yicha konferensiyasida ishtirok etish uchun Dubayda bo‘ladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan BAAga boradi
Ma'lum qilinishicha, Iqlim bo‘yicha global sammitda dunyoning 150 dan ortiq mamlakatlarining davlat va hukumatlari, nufuzli xalqaro tashkilotlar va moliyaviy institutlar rahbarlari qatnashadi.

Tadbir kun tartibidan BMTning Iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi hadli konvensiyasi asosiy qoidalarini amalga oshirish, bugungi ekologik tahdid va xatarlarga qarshi kurashish, “yashil” taraqqiyot maqsad va vazifalarini ilgari surishda keng hamkorlik masalalari o‘rin olgan.

Davlat rahbari sammitning yalpi sessiyasida nutq so‘zlashi hamda qator ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar o‘tkazishi kutilmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing