Shavkat Mirziyoyev Ilhom Aliyevni O‘zbekistonga taklif qildi
Siyosat
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-noyabr kuni Boku shahriga amaliy tashrifi doirasida Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan muzokara o‘tkazdi. Ozarbayjon yetakchisi O‘zbekiston Prezidentiga BMTning Markaziy Osiyo iqtisodiyotlari uchun maxsus dasturi (SPЕKA) birinchi sammitini qo‘llab-quvvatlagani va unda shaxsan ishtirok etayotgani uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.
Shavkat Mirziyoyev, o‘z navbatida, Ozarbayjon Prezidentini SPЕKAda muvaffaqiyatli raislik qilayotgani bilan tabrikladi. O‘zbekiston-Ozarbayjon do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi, shu jumladan oliy darajada erishilgan kelishuvlar ijrosi ko‘rib chiqildi.
Yil boshidan buyon O‘zbekiston-Ozarbayjon o‘rtasida tovar ayirboshlash 34 foizga oshdi. Avtomobilsozlik, elektrotexnika, to‘qimachilik, energetika, qishloq xo‘jaligi va ipakchilik tarmoqlarida kooperatsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Transport va logistika sohasida istiqbolli loyihalar tayyorlanmoqda.
Davlat rahbarlari o‘zaro manfaatli hamkorlikning yangi yo‘nalishlari yuzasidan ham fikr almashdi. Kimyo, energetika, zargarlik, mashinasozlik, qurilish va boshqa yo‘nalishlarda istiqbolli loyihalarni ilgari surish masalalari muhokama qilindi. Madaniy-gumanitar almashinuvni yanada kengaytirish muhimligi qayd etildi.
Uchrashuv yakunida Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Prezidentini o‘zi uchun qulay vaqtda rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga borishga taklif etdi.

Powered by Froala Editor