Shavkat Mirziyoyev Sayxunobod muammolarini sanab, ularning yechimlarini belgilab berdi

O'zbekiston

Videselektor yig’ilishi davomida Shavkat Mirziyoyev Sayxunobod tumanida tadbirkorlikni rivojlantirishda banklarning o‘rni sezilmayotganini ma’lum qildi. Vaholanki, davlat ularga katta resurslar ajratmoqda.

Shavkat Mirziyoyev Sayxunobod muammolarini sanab, ularning yechimlarini belgilab berdi
Xususan, o‘tgan yili mahalladagi tadbirkorlik uchun Sayxunobodga 120 milliard so‘m berilgan. Tuman tadbirkorlari o‘tgan yil soliqdan 85 milliard so‘mlik imtiyoz olgan.

Lekin bu mablag‘lar ish o‘rinlariga aylanmayotgani, kambag‘allikni qisqartirishga ta’siri sezilmayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

Qolaversa, tumandagi tayyor infratuzilmasi bor 16 ta bino va inshoot qimmatligi uchun bir yildan buyon sotilmay tashlandiq yotgani va yana uzoq yillardan beri bo‘sh turgan 5 ta obyekt auksionga chiqarilmagani qayd etildi.

Sayxunobodda 17 mingta xonadonda tomorqani ishga solish, kichik sanoat va xizmatlarni yo‘lga qo‘yish orqali aholini daromadli qilish vazifasi qo‘yildi.

Endilikda har bir mahalladagi hokim yordamchisi “1 sotix tomorqadan kamida 1-2 million so‘m daromad” degan mezon asosida aholi uchun biznes reja ishlab chiqadi.

Sayxunobod tajribasi butun respublikada ommalashtiradi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing