Shavkat Mirziyoyev TDT bosh kotibini qabul qildi

O'zbekiston

Uchrashuvda TDT doirasida savdo, “yashil” iqtisodiyot, investitsiyalar, innovatsiyalar, transport va logistika, turizm, ekologiya, yoshlarga oid siyosat, turkiy xalqlarning madaniy va tarixiy merosini ommalashtirish sohalaridagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Shavkat Mirziyoyev TDT bosh kotibini qabul qildi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30-oktyabr kuni Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyevni qabul qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, O‘zbekistonning tashkilotga raisligi doirasida birgalikda amalga oshirilgan ishlar natijalari va uning bo‘lajak sammitiga tayyorgarlik ko‘rish masalalari ko‘rib chiqilgan.

O‘tgan davrda turkiy davlatlarning ko‘p tomonlama sherikligi yangi sur’at bilan rivojlanganini ta’kidlash joiz. Yuzdan ortiq tadbirlar o‘tkazildi, amaliy hamkorlik uchun qator yangi maydonlar tashkil etildi. Shuningdek, O‘zbekiston Xalqaro turkiy madaniyat tashkilotining to‘la huquqli a’zosi bo‘ldi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing