Sherzodxon Qudratxo‘ja media assotsiatsiyasi rahbarligidan ketdi
O'zbekiston
Sherzodxon Qudratxo‘ja O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi boshqaruvi raisi lavozimidan ozod etildi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, Sherzodxon Qudratxo‘ja mamlakat media sohasini rivojlantirish, ochiqlik va shaffoflik tamoyillarini mustahkamlash hamda so‘z erkinligini ta’minlashga salmoqli hissa qo‘shgan. Assotsiatsiya uning faoliyati uchun minnatdorlik bildirdi.
Assotsiatsiya boshqaruvi raisi etib Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Mehnat, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi a’zosi Odiljon Tojiev tayinlandi.
Assotsiatsiya boshqaruvi raisi etib Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Mehnat, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi a’zosi Odiljon Tojiev tayinlandi.
Powered by Froala Editor