Siberian Wellness bilan bayram ploggingi: yugur va dunyoni tozala

O'zbekiston

Siberian Wellness kompaniyasi ekologik tashabbuslarni faol targ'ib qilmoqda. Bir yil oldin u mamlakatimiz uchun yangi bo'lgan ploggingni qo'llab-quvvatlash va homiylik qilishni boshladi.

Siberian Wellness bilan bayram ploggingi: yugur va dunyoni tozala
Plogging shvedcha plocka upp ("ko'tarish") va jogga ("yugurish") so'zlarini inglizcha -ing qo'shimchasi bilan birlashtirgan bo'lib, bu yugurish paytida chiqindi yig'ishni anglatadi.

Tashkent Ploggers hamjamiyati tez orada 1 yillik yubileyini nishonlaydi. Shu munosabat bilan kompaniya bayramona plogging-kvestni tashkil qildi. Ishtirokchilar mashhur shahar bog'lari bo'ylab yugurib, chiqindilarni yig'ib, "maxfiy agentlar" topshiriqlarini bajarishdi.

Trassa uzunligi 4,2 km ni tashkil qildi. Yugurish yakunlangandan so'ng ishtirokchilar Siberian Wellness kompaniyasidan sovg'alar olishdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing